Konsta - Kechasan Lyrics

Lyrics Kechasan - Konsta




Bugun chaqirmaydi chaqirgan ovoz kecha,
Kel, orzudan voz kecha, qilamiz parvoz,
Kech bo'lsa ham mayliga, kel, eshiklarni ochib,
Azobli hayotimdan bir daqiqani o'chir.
O'tmishim bilan qo'shib, suratingni yoqaman,
Yolg'onchiman, mas'ulyatsiz, "ну" senga yoqaman.
Ketardim-u bosh olib, ayt, ketay qayoqqa man?
Suzgani oyoq qolmadi, dengizda oqaman.
Go'yo qamading, asir qildi fondagi surating,
Avval o'ldirib, so'ng o'zing yashashimni so'rading.
Kel, qaytamiz vaqtincha unutib, qalban so'rading,
Ko'zyosh va jiddiy savollarsiz qilgan nazorating.
Va yana ur xanjarni, narkozsiz so'nggi bor,
Yana aybla meni, sabab yetarliku.
Bo'ldi ket, iltimos, aytganim qil so'nggi bor,
Axir yonimda qol, deganimda doim ketardingku
Men seni kechirsam, yana voz kechasan,
Kech asalim, unutdim, qiynalganim kechasan.
Kel, jasad bo'lib ko'r, sen ham o'lib ko'r,
Bugunim bilan yashayman, sen esa kechasan
Men seni kechirsam, yana voz kechasan,
Kech asalim, unutdim, qiynalganim kechasan.
Kel, jasad bo'lib ko'r, sen ham o'lib ko'r,
Bugunim bilan yashayman, sen esa kechasan
Yaxshiku, endi farqi yo'q kimda kop xatolar,
Farqi yo'q, endi u o'zgasidan xat olar.
Farqi yo'q, faqatgina qalbga shifo to'lar,
Farqi yo'q, lekin qatorlarim dardga to'la.
Hayotim bo'lib qolding, so'ng qalbimni bo'lib olding,
Va hammadan bo'lib oldin, xayolim ham bo'lib olding.
Olib qoldin o'zligimni, ta'siringda edim, ha,
Yo'qolib qolding nozligim, ta'zirimni yedim ham.
U qo'ng'iroq qiladi, lekin ko'tarmaysan-a,
Mening gulimsanmi, boshqa bog'da ko'karmaysan ham.
Sen o'zingni aldading, tushunarsan vaqti kelib,
Ikkimiz ham yutqazamiz bu qimorga vaqti kelib.
Bo'ldi tariximiz, mayli minglar qoldi qoyil,
Lekin o'zgalarning qoidasi etsa ta'sir, foydasiz.
Kurashganingiz foydasiz, o'zi bo'lsa bir oyli,
Mening ham gapim chiroyli, ammo barida qoladi har bir oyi
Men seni kechirsam, yana voz kechasan,
Kech asalim, unutdim, qiynalganim kechasan.
Kel, jasad bo'lib ko'r, sen ham o'lib ko'r,
Bugunim bilan yashayman, sen esa kechasan
Men seni kechirsam, yana voz kechasan,
Kech asalim, unutdim, qiynalganim kechasan.
Kel, jasad bo'lib ko'r, sen ham o'lib ko'r,
Bugunim bilan yashayman, sen esa kechasan



Writer(s): Abdullayev Sharif


Konsta - To'plam 2018
Album To'plam 2018
date of release
08-01-2019




Attention! Feel free to leave feedback.
//}