Konsta - Yengilma, Tur Lyrics

Lyrics Yengilma, Tur - Konsta




Qara, qanchalik go′zal osmon,
Tepadan ko'ray dema, axir shetdanam chiroyli.
Shu ahvolda yotish senga mosmi?
Men bilaman bu balolarni vohimasi bir oylik!
Bilasanmi qanchalar go′zal Baku?
Hali yuramiz, ko'chalarni zo'rin bosib!
Bu hayotda shundog′am g′alva ko'p,
Kel o′ylama, yurakda baxtga ham o'rin qosin!
Ke, barcha qiyin temalaringni yopgin birpasga,
Men esa barcha treklarimni quvonchli qilay.
Balki ularni eshitib ko′ngling topgandir taskin,
Sen uchun kulgili bo'lsa, mayli yiqilay!
Ke, shu xayollaringdan ozod bo′l bir zumga,
Bu oqqan daryo sengacha, sensiz ham oqqan!
Qoldir azoblaringni, tur yo'lga to'ldir sumka,
Qamalmagin sira to′shak degan ensiz qamoqqa!
Urar ekan motor,
Bir yettiyu yigirma to′rt,
Hech qachon egilma, tur!
Dardingga yengilma, ko'r,
Hali yaxshi kunlaring ham bo′ladi,
Ishonching dardingga malham bo'ladi...!
Urar ekan motor,
Bir yettiyu yigirma to′rt,
Hech qachon egilma, tur!
Dardingga yengilma, ko'r,
Hali yaxshi kunlaring ham bo′ladi,
Ishonching dardingga malham bo'ladi...!
Bu hayotimiz huddi Lotto,
Aniq bizniki bo'ladi Jackpot!
Hali urib turganda motor,
Orzularing uchun terminatordek bo′l!
Bilasanmi, niyatlar yetar osmonga uchib borib,
Sen uchun dorini kuchlisi "umid" ekan!
Ko′rsatib qo'y ularga kuching borin,
Va bugun betda dramma bo′midi degin!
Mayli senga kerakmas hech nima, kerakmas mulk,
Charchadim deya
Boshlamagin g'alayon!
Agar yashashga topmasang mazmun,
Qara onang qanday go′zal ayol!
To'g′ri, menga gapirish oson,
Lekin osonmas, darding oldida ojiz bo'lish!
So'raganim, iltimos osmon,
Kerakmas bizni bejiz bo′lish...!
Urar ekan motor,
Bir yettiyu yigirma to′rt,
Hech qachon egilma, tur!
Dardingga yengilma, ko'r,
Hali yaxshi kunlaring ham bo′ladi,
Ishonching dardingga malham bo'ladi...!
Urar ekan motor,
Bir yettiyu yigirma to′rt,
Hech qachon egilma, tur!
Dardingga yengilma, ko'r,
Hali yaxshi kunlaring ham bo′ladi,
Ishonching dardingga malham bo'ladi...!



Writer(s): Abdullayev Sharif


Konsta - Yengilma Tur
Album Yengilma Tur
date of release
31-03-2018




Attention! Feel free to leave feedback.
//}