Sardor Rahimxon - Otamdan Yodgorim Onam Lyrics

Lyrics Otamdan Yodgorim Onam - Sardor Rahimxon



Dilim berganlarim dilimdan yiroq
Ko'ngil tutganlarim zimdan begona
Men neki bo'lmayin osmon-u tuproq
Faqat siz qoldingiz men bilan ona
Faqat siz qoldingiz men bilan ona
Yuzda ajin fursatdan ijod
Ko'ksingizda dard shundoq ham bisyor
Onam yoshin to'ktirma hayot
Ahir onam ko'zida men bor
Ahir onajonim ko'zida men bor
Munisam hokisor onam
Otamdan yodgorim onam
Yo'llarim yoritguvchi sham chirog'im
Ko'ksimda tumorim onam
Qo'shiqlar bitdim barchaga talay
Boy berildi fursatlar yana
Mehringizga mos qo'shiq topolmay
Men kechikdim kechiring ona
Men kechikdim kechiring ona
Hayot so'qmoq tikan har qadam
Kaft tutdingiz tavonim uzra
Ohh Otamdan omonatginam
Siz eltingiz meni bu kunga
Munisam hokisor onam
Otamdan yodgorim onam
Yo'llarim yoritguvchi sham chirog'im
Ko'ksimda tumorim onam
Bu kunlardan qo'rqaman yomon
Umrin ko'l qil xudoyim ohir
Shuncha chekkan g'am sabab onam
Ko'p yashashga haqli-ku Ahir
Chiroyligim go'zalim onam
Suyib o'pib ko'p erkalasam
Siz bergan bu mehr yonida
No o'rindir yorim rashki ham
Munisam hokisor onam
Otamdan yodgorim onam
Yo'llarim yoritguvchi sham chirog'im
Ko'ksimda tumorim onam



Writer(s): Sardor Rahimxon


Sardor Rahimxon - Faridam
Album Faridam
date of release
18-07-2016




Attention! Feel free to leave feedback.