Sevinch Mo'minova - Bu Hayot (with Sharof Muqimov) Lyrics

Lyrics Bu Hayot (with Sharof Muqimov) - Sevinch Mo'minova



Bilaman, sening yuragingda menman,
Go'zalim, seni qancha izlaganman,
Qalbim talpingan qalbingga.
"Sevaman, sen yagona sevgim, birsan,
Bu hayot sensiz kerak emas" deysan,
Nahot, baxtim topa oldim men?
Bu hayot sen bilan go'zal, jonim,
Yulduzlar olib borsin sog'inchim.
Bu dunyo ma'nosini angladim:
Bu taqdir seni menga atadi.
Har daqiqa xayolim sendadir,
Qayerdasan, holing ne kechadir?
Qalbim talpinar qalbingga.
Uzoqdami, yaqindami mayli,
Faqat birga, birga bo'lsak baxtli, jonim,
Sen-la yashayman men.
Bu hayot sen bilan go'zal, jonim,
Yulduzlar olib borsin sog'inchim.
Bu dunyo ma'nosini angladim:
Bu taqdir seni menga atadi.
Necha bor insonlar asrolmay o'z baxtin,
Ozor berar nechun sevgan yuraklarga?
Farishtadek beg'ubor qalbingni, jonim,
Avaylab qadrlayman, ishongin, sevgilim.
Bu hayot sen bilan go'zal, jonim,
Yulduzlar olib borsin sog'inchim.
Bu dunyo ma'nosini angladim:
Bu taqdir seni menga atadi.
Seni menga atadi...




Sevinch Mo'minova - Bu Hayot (with Sharof Muqimov)
Album Bu Hayot (with Sharof Muqimov)
date of release
12-12-2018




Attention! Feel free to leave feedback.