Shahzoda - Ayrilamiz Lyrics

Lyrics Ayrilamiz - Shahzoda



Yurgan bu yo'lim, har bosgan qadamim
O'z-o'zimga bo'ysunmas,
Ko'zlarimni ochib, atrofimga boqsam,
Go'yo hech narsa ko'rinmas.
Bilaman men bugun
So'nggi bor ko'rishchun,
Sening oldingga boraman.
Ich-ichimdan yonib,
Umidlarga to'lib,
Ko'zlaringga bir boqaman.
Mana bugun ayrilamiz, yengilamiz
Taqdirning bir sinoviga.
Negadir men so'zlaringda, ko'zlaringda
Afsuslar hech ko'rmayabman.
Tonglar uyg'onsam ham,
Qayg'uga botsam ham,
Faqat seni sog'inaman.
Sensan xayolimda,
Har o'tar kunimda
Bir seni o'ylab yashayman.
Bilaman men bugun
So'nggi bor ko'rishchun,
Sening oldingga boraman.
Ich-ichimdan yonib,
Umidlarga to'lib,
Ko'zlaringga bir boqaman.
Mana bugun ayrilamiz, yengilamiz
Taqdirning bir sinoviga.
Negadir men so'zlaringda, ko'zlaringda
Afsuslar hech ko'rmayabman.
Bilaman men bugun
So'nggi bor ko'rishchun,
Sening oldingga boraman…



Writer(s): SERGEEV GEORGE


Shahzoda - Rahmat Hayot
Album Rahmat Hayot
date of release
12-06-2015




Attention! Feel free to leave feedback.