Shaxriyor - Izhor Lyrics

Lyrics Izhor - Shaxriyor




Sevgi nima, azob, hijronmi?
Yoki dilni mast etuvchi may?
Sevgi nima bu - imtihonmi?
Yoki tong payt yig'latuvchi nay?
Sevgi nima, ahdu vafomi?
Dilga cho'kkan xohish, xatomi?
Sevgi nima, o'tli nafasmi?
Yoki shunchaki orzu-havasmi?
Sevgi nima, go'zal ijodmi?
Sevishganlar umrbod shodmi?
Sevgi nima, ilohiy kuchmi?
Yoki faqat itoat, burchmi?
Sevgi nima, bir shirin tushmi?
Yoki sevib so'ng unutishmi?
Sevgi nima? (Sevgi nima?)
Sevgi nima? (Sevgi nima?)
Ayt!
Ayt, kimga keragi bor yaralangan dil?
Nega boshqasin sevaman demaydi til?
Qoldim bir o'zim, dilda og'rig'im bilan
Sog'indim yulduzim, osmon esa baland
A'lam, a'lam, qizig'i yo'q olam
Atrof to'la odam, jargacha bir qadam
Hech kim bermas yordam, dunyo qorong'u g'am
Maylimi so'rasam?
Maylimi so'rasam, kimlarga beg'ubor boqadi ko'zlaring?
Kimni yuzini, ayt, silaydi qo'llaring?
Kimni mehridan so'ng men bo'ldim keraksiz?
Nega menga og'ir, nega og'ir sensiz?
Yuragim tubida, hukm suradi dard
Ichimdan sezaman, sendan kechmog'im shart
Vaqti kelib sendan ayrilishim bilar edim
Lek baribir
Sevgi nima bu - azob yoki malham?
Bu savolga javob yo'q, hatto menda ham
Kuyga solaman, dildan chiqgan so'zlarimni
Visoling hali ham tark etmaydi o'ylarimni
Sevgi nima o'zi, nega unga intilamiz?
Mushkul erishamiz, so'ngra oson yo'qotamiz?
Bu dunyoni qutqaruvchi his bo'lsa muhabbat
Unda meni hech kim qutqarolmaydi to abad!



Writer(s): Shaxriyor


Attention! Feel free to leave feedback.