Sherali Jo'rayev - Birinchi muhabbatim Lyrics

Lyrics Birinchi muhabbatim - Sherali Jo'rayev



Kecha oqshom...
Kecha oqshom falakda oy bo'zarib botganda
Zuhro yulduz miltirab, xira xanda otganda
Ruhimda bir ma'yuslik, sokinlik uyg'otganda
Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim
Eslab xayolga toldim, (Ha bobo) birinchi muhabbatim
O'tdi yoshlik zavq bilan, gohi to'polon bilan
Gohida yaxshi bilan, gohida yomon bilan
Ayro ham tushdim ba'zan qalb bilan iymon bilan
Lekin seni yo'qotdim, birinchi muhabbatim
Mangu g'aflatda qotdim, birinchi muhabbatim
Dunyo degan shundayin anglab bo'lmas sir ekan
Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan
Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan
Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim
Parvo qilmovdim avval, birinchi muhabbatim
Yo'lin yo'qotsa odam muhabbatga suyangay
G'ussaga botsa odam muhabbatga suyangay
Chorasiz qotsa odam muhabbatga suyangay
Men kimga suyangayman, birinchi muhabbatim
Faqat eslab yig'layman, birinchi muhabbatim
Eslab bag'ring tig'larsan, birinchi muhabbatim
Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim
Sirli tushlar ko'riboq bor dunyoni unutdim
Tongda turib nomingga ushbu she'rimni bitdim
Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim
Yolg'iz Ollohim mening, birinchi muhabbatim (Ha balkon)
Yolg'iz Ollohim mening, birinchi muhabbatim
Yolg'iz Ollohim mening, birinchi muhabbatim
Yolg'iz Ollohim mening, birinchi muhabbatim
Muhabbatim!



Writer(s): Sherali Jo'rayev


Sherali Jo'rayev - O'zbegim
Album O'zbegim
date of release
19-01-2018




Attention! Feel free to leave feedback.