Shoxrux - Qalbimga Kir Lyrics

Lyrics Qalbimga Kir - Shoxrux




Qara, ko'rdingmi, ko'nglim boshqalar uchun yopildi,
Oxiri borib, tuyg'ularim otilmoqda ko'ksimni yorib.
Joylandi yuragimga muhabbat topib, gilimni qorib,
Bugunda sen hamma holatingda mendan ustunsan, g'olib.
Endi sensiz kunim qanday o'tar noaniq hol,
Bir qotgan qolip.
Sen mening ko'nglimdagi ayni muddao, ochilgan fasli bahor,
Beozor, bir beg'ubor qizsan.
O'zingga ma'lum bo'lgan bir ajoyib sir, qalbimdagi tasvir,
Sening uchun eshiklarimni ochdim.
To'satdan kelib qolarsan deb, mening muhabbatim,
Qalbimga kir, qalbimga kir.
So'rama, so'rama,
So'rama, so'rama,
Yuragimni so'rama, jonim,
Men seniki, seniki, a-a...
Meni deb hammadan voz kecha olasanmi, jonim?
Ko'nglimdagi ummonim, ming dardimga darmonim.
Sen meni, men seni sevganday seva olasanmi, sevgilim?
Javoban sevilishni kutmoqda mening yuragim.
Xayollarimdan o'tsang vaqti kulaman,
So'ng ketidan ko'z yumgan holda yanada mahzunman,
To'kilgan qumman,
Yoqar edi shubhasiz izlarimni boylagan qo'llaring.
Yo'qotgim kelmas hozir seni,
Nima xulosada sening fikring?
Ichingdagini yetti uxlab turib, tush ko'rib ham bilmasam,
Nima deding, sen bilan hayotimni butunlay bog'lasam?
So'rama, so'rama,
So'rama, so'rama,
Yuragimni so'rama, jonim,
Men seniki, seniki, a-a...
By Bakhrom13





Attention! Feel free to leave feedback.