Ulug'bek Rahmatullaev - Bekatlar (with Shahzoda) Lyrics

Lyrics Bekatlar (with Shahzoda) - Ulug'bek Rahmatullaev



Umr uzun yo'l, bekatlari mo'l,
Biri nurafshon, birida soya.
Navqiron do'stim, o'zing o'ylab ko'r:
Senga qadrdon ne maqsad, g'oya?
Bor shunday bekat, etguvchi sarson,
Bekorchilarga manzil-u makon.
Sen bu bekatda to'xtasang agar,
Umring adog'i afsus, pushaymon!
Keyingi bekat ne bo'lar keyin?
Ertangi hayot emasdir o'yin.
Kamol topmasang o'qib, o'rganib,
Keyin o'rningni topmog'ing qiyin.
Bor shunday bekat borlig'i yorug',
Ilm-u hunarga, hikmatga to'liq.
Navqiron do'stim, senga shu yo'l mos,
Qalbing to'rida maqsading ulug'.
Yana bir bekat o'yinlar aro,
Vaqtni boy berma, aldanma aslo.
Qolib ketsang gar ushbu bekatda,
Seni xorlikka etar mubtalo.
Bor shunday bekat, etguvchi sarson,
Bekorchilarga manzil-u makon.
Sen bu bekatda to'xtasang agar,
Umring adog'i afsus, pushaymon.
Keyingi bekat ne bo'lar keyin?
Ertangi hayot emasdir o'yin.
Kamol topmasang o'qib, o'rganib,
Keyin o'rningni topmog'ing qiyin.
Bor shunday bekat borlig'i yorug',
Ilm-u hunarga, hikmatga to'liq.
Navqiron do'stim, senga shu yo'l mos,
Qalbing to'rida maqsading ulug'.
Shakhboz0001




Ulug'bek Rahmatullaev - Yonimda
Album Yonimda
date of release
09-11-2017




Attention! Feel free to leave feedback.