Ulug'bek Rahmatullaev - Ko'zlaringga Qarab Lyrics

Lyrics Ko'zlaringga Qarab - Ulug'bek Rahmatullaev



Qo'llarimda mani gullar
Poyingga lek qo'yolmayman
O'rtamizda kuydi dillar
Bundan ortiq kuyolmayman
O'tsahamki qancha yillar
Xayolingga to'yolmayman
Gullar mayli so'lsa so'lsin
Sen so'lmagin gulim aslo
Yurar yo'ling gulga to'lsin
Poyingga rang sochsin dunyo
Baxting ham oq gulday kulsa
Men ishqingda zor tanho.
Ko'zlaringga qarab jonim
Seni tashlab ketolmayman
Tushunarmu kimdir-xolim
Endi senga yetolmayman
Aytay deyman dardu zorim
Bu ishniham qilolmayman
Seni tashlab ketolmayman...
Endi senga yetolmayman...
Bu ishniham qilolmayman.
Begona man endi senga
Yoningda qololmayman,
Ololmaysan dardni yenga
Menham darding ololmayman
Armon bo'lding jonim nega?
Qo'lingga qo'l sololmayman
Gullar mayli so'lsa-so'lsin
Sen so'lmagin gulim aslo
Yurar yo'ling gulga to'lsin
Poyingga rang sochsin dunyo
Baxting ham oq gulday kulsa
Men ishqingda zor tanho.
Ko'zlaringga qarab jonim
Seni tashlab ketolmayman
Tushunarmu kimdir-xolim
Endi senga yetolmayman
Aytay deyman dardu zorim
Bu ishniham qilolmayman
Seni tashlab ketolmayman...
Endi senga yetolmayman...
Bu ishni ham qilolmayman.




Ulug'bek Rahmatullaev - Kapalak
Album Kapalak
date of release
02-08-2013




Attention! Feel free to leave feedback.