Ummon guruhi - G'arq Lyrics

Lyrics G'arq - Ummon guruhi



Qorong'i tun, yolg'izman bugun o'zim.
Yo'liga zor qoldi ko'zim,
So'rama yuragimda zirapcha,
Botib turadi bilmam qancha.
Sog'inchimdan qochib qayga boray,
Yo'l ko'rsat ozgina ovunay.
Qorong'u xona va men unda,
Qop qora ko'rpa yotar ustimda...
O'ylab yotaman uni...
Oq libos yarashibdi senga,
Aytaman achchiq bo'lsada menga.
Og'ir botdi yurakga, yoqotganim Seni...
Nega bu dard qiladi g'arq?
O'z domiga tortaveradi meni.
Nega malham topolmayman?
O'tmishimdan o'chirib keta olmayman seni.
Endi hechqachon bo'lmaymiz birga,
Birga bormaymiz qo'l ushlashib baxt uyiga.
Taqdir emas ekan tan olaman,
Lekin yurak tan olmasa netaman.
San maniki eding, sanikiman derding,
Hozir esa qara kim yoningda.
Sani yolg'on ko'z yoshlaring qurib ketdi,
Mani achchiq ko'z yoshlarim yostig'im ustida.
Baxtlisan bugun, ishonaman,
Sanga Allohdan baxt so'rab yotaman.
Mayli manga baxt tilab yotmasang ham,
Eslaysanmi oyda bir bo'lsa ham?
Sovuq qotib yotarman, tunlar,
Yuragimni nimadur nimtalab o'tar.
Yetishmaydi yoki iliq qo'llaring yoki so'g'inman aldab yurgan lablaring.
Nega bu dard qiladi g'arq?
O'z domiga tortaveradi meni.
Nega malham topolmayman?
O'tmishimdan o'chirib keta olmayman seni.



Writer(s): ummon guruhi


Ummon guruhi - G'arq
Album G'arq
date of release
02-09-2016

1 G'arq




Attention! Feel free to leave feedback.