Ummon - Hammamiz Birga Lyrics

Lyrics Hammamiz Birga - Ummon



Yo'q, mehribonim yo'q, gulbahorim yo'q.
Topolmasligim bilib, og'riydi yuragim.
Beg'uborim yo'q, dil oromim yo'q,
Topolmasligim bilib, og'riydi yuragim.
Sani sog'indim bugun hammadan ko'proq,
Hamma yaqinlarim yonimda, faqat san yo'q.
Sansiz ko'nglimga sig'maydi hech qanday bayram,
Baxt bizni tark etdi yomon qilar alam.
Tanam bo'ysungani bilan ichimdagi hislarimni
Boshqara olmayabman, olib bo'lmayabdi dam.
Tushlarimda san, tursam ham o'zing, faqat yo'qliging,
Qalbim og'rib ochiladi ko'zlarim.
Dilimda qolib ketdi qancha aytar so'zlarim,
Go'zalim, sog'indim sani yomon.
Yog'ayotgan yomg'irlar deydilar "bari tamom",
Yo'q, yolg'on, ishonmayman sani yo'qotganimga.
Ketdingmi qaytmas bo'lib bir umrga?
To'rt devor orasida qolib ketdim yolg'iz.
Qaylarga uchib ketding, aytgin mansiz?
Yo'q, mehribonim yo'q, gulbahorim yo'q.
Topolmasligim bilib, og'riydi yuragim.
Beg'uborim yo'q, dil oromim yo'q,
Topolmasligim bilib, og'riydi yuragim.
Kuzgi yomg'ir yog'ardi shivirlab,
Baqirdim bor ovoz bilan,
Tomog'imdagi tomirlarim titrab,
Nolalarim yetib bormadimi san taraf?
Sog'indingmi mani, ayt hech bo'lmasa pichirlab?
Pichirlab ertalabgacha gaplashishlarimiz esimdan ketmas,
So'ngra uxlab qolar eding jim-jit.
Faqat eshitilar edi olayotganing nafas,
Hozir esa shu ham eshitilmas.
Bo'ldi, tamom,
Bo'ldi, sani ko'zlaringga tik qarash armon bo'ldi.
Somon bo'ldi terim ortidagi go'sht.
Bo'm-bo'sh ko'chalarda yurib izladim nafis iforing,
Ko'rish istagida diydoring.
Sog'indim sani ishon,
Tikondek botar yuragimga nimadir.
Gavharsan, gulsan, dursan,
Dunyodagi eng mehribon insonsan man uchun...
Sog'indim mehringni, mehribonim seni,
Faqat seni...
Sog'indim, sog'indim, ko'zlaring, yuzlaring,
Faqat seni...
Yo'q, mehribonim yo'q, gulbahorim yo'q.
Topolmasligim bilib, og'riydi yuragim.
Beg'uborim yo'q, dil oromim yo'q,
Topolmasligim bilib, og'riydi yuragim.
Og'riydi yuragim...



Writer(s): Zohid Riskiyev


Ummon - To'plam
Album To'plam
date of release
03-01-2019




Attention! Feel free to leave feedback.