Xurshid Rasulov - Bormu Lyrics

Lyrics Bormu - Xurshid Rasulov




Kechagidek yodimda bari,
Armonlari qiynab o'tadi,
Qaytib ketgan bahor singari
Yoshlik bizni tashlab ketadi.
Yoshlik, yoshlik,
Yoshlik bizni tashlab ketadi.
Kimga yoqib baxt chirog'ini,
Kimga tutib ishq sharobini,
Qalbga solib so'ng firog'ini,
Yoshlik bizni tashlab ketadi.
Yoshlik, yoshlik,
Yoshlik bizni tashlab ketadi.
Yuzlaring gul, so'zlaring asal,
Go'zal bo'lgin, bir umr go'zal,
Chiroyingga bitguncha g'azal,
Yoshlik bizni tashlab ketadi.
Bo'y egilib, oqaradi soch,
Yomon hislar yuragimdan qoch,
Davr ekan, do'stlar, neiloj,
Yoshlik bizni tashlab ketadi.
Yoshlik, yoshlik,
Yoshlik bizni tashlab ketadi.



Writer(s): Xurshid Rasulov



Attention! Feel free to leave feedback.