Xurshid Rasulov - Sevsang Yor Aldama Lyrics

Lyrics Sevsang Yor Aldama - Xurshid Rasulov




Kel degan joyimga kelmasang kelma
Shaydolik dardini bilmasang bilma
Vafosizni ayab qo'ymas muxabbat
Sevsang yor aldama aldasang sevma.
O't bo'lib kuydirding muz bo'lib tilding
Kulsam qovoq qo'yding yig'lasam kulding
Nechun sho (o')x ko'ngilni tez asir qilding
Sevsang yor aldama aldasang sevma.
Ozmidi dunyoda ozor ko'rganlar
Majnundek sahroda mozor ko'rganlar
Oriyu sevgidan bozor ko'rganlar
Sevsang yor aldama aldasang sevma.
Chiroyidan ulug'dir vafo qimmati
Yopilmay ko'ngilga hijron chimmati
Mirzoni yutmasdan armon zulmati
Sevsang yor aldama aldasang sevma.
Sevsang yor aldama aldasang sevma.



Writer(s): Xurshid Rasulov



Attention! Feel free to leave feedback.
//}