Benom guruhi - Sensiz paroles de chanson

paroles de chanson Sensiz - Benom guruhi



Bugun men yana keldim, Senga uzoqdan termulib turibman.
Yoningga borgim kelyapti,
Yana o'sha baxtli damlarimizga qaytgim kelyapti.
Afsus, bunga endi men xaqsizman, Chunki endi biz begonamiz.
Shoshilib shoshilib yurak sening tomon g'ururimni sindirdi butkul,
Sog'inib sog'inib sen ham meni bir bor yana yonimga qaytsang bir kun.
Qaniydi qora ko'zlaringga yana takror to'yib to'yib qarolsam tinmay,
Qaniydi unutib mendan kechgan kuning yana yoningga qaytsam bir kun.
Qaniydi unutib mendan kechgan kuning yana yoningga qaytsam bir kun.
Qorong'u yolg'iz dunyo tor sensiz yashash osonmas ishon osonmas,
Qanday ayt endi yasharman yolg'iz yuragim ko'nmas yurak ishonmas.
Ojizman seni unutish qo'limdan kelmadi,
Ko'p urindim negadir hamma urunishlarim
seni sog'inaverish bilan yakunlanaverardi.
Bilasanmi hozir qanchalar hoxlayapman seni qaytarishni,
Sen esa balki meni unutib bo'lgandirsan.
Axir ayrilganimizga yillar bo'ldi,
Shu onda senga bir gapni aytgim keladi Sensizlik osonmas ekan.
Ko'milib ko'milib yurak dardga yana qayg'ulardan ovunar tinmay,
Umidlari so'ngan sevgidan afsun bo'lib yashayapman armonga ko'nmay.
Bilmadim bu yuraksiz taqdir seni mendan nega uzoqlarga olib ketar,
Yaqinda his etgan baxtli kunlar o'rniga xotiralarni solib ketar.
Qorong'u yolg'iz dunyo tor sensiz yashash osonmas ishon osonmas,
Qanday ayt endi yasharman yolg'iz yuragim ko'nmas yurak ishonmas.
Qorong'u yolg'iz dunyo tor sensiz yashash osonmas ishon osonmas,
Qanday ayt endi yasharman yolg'iz yuragim ko'nmas yurak ishonmas.



Writer(s): benom guruhi


Benom guruhi - Salom
Album Salom
date de sortie
06-02-2016




Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.