Benom guruhi - Xazon paroles de chanson

paroles de chanson Xazon - Benom guruhi



Qayt!
Sen yonimga qayt!
Mendan uzoqlashma
shu payt!
Baxtli kunlarim, qayt, yiroqlashma.
Tun!
Yolg'iz bo'lma, tun!
Dardlarimning mahzuni
uzun.
Qayg'uli kunlarimdan yo'q mazmun.
N a q a r o t:
Balki, endi farqi yo'q?
Sevgidan najot yo'q?
Baxt bermay ketgansan,
Unutib bo'lgansan.
Lek senga farqi yo'q,
Mehring go'yo yiroq.
Tuyg'ularim sarson,
Sensiz umrim xazon.
Dard, yana o'sha dard,
Betinim hasrat yuragimni qiynar,
Faqat bu yo'li kesilar
Baxtning o'tgan kunlarida
Go'yo botar.
Xazon, tuyg'ularim xazon,
Nega yana azob
Atrofim egallar?
Yig'lar, orzularim yig'lar,
Yuragim senga tinmay shoshilar.
N a q a r o t: ...
Yana xazonlar,
Yana o'sha ko'z yomg'irlar
Tinmay izlatar
Seni bu sog'inchli kunlar.
Tomchi ko'z yoshlar,
O'sha va'dalar qilar alam.




Benom guruhi - Xazon
Album Xazon
date de sortie
14-07-2014

1 Xazon




Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.