Gulsanam Mamazoitova - Vatan Uchun paroles de chanson

paroles de chanson Vatan Uchun - Gulsanam Mamazoitova




Boshing egib, ta'zim ayla, shukrona ayt.
Seni guldek erkalagan chaman uchun.
Osmonlarda yurgan bo'lsang, tuproqqa qayt,
Aytgil, do'stim, nima qildik Vatan uchun?
Shu soylardan suvlar urgin yuzingga sen,
Bir bor nazar solgin bosgan izingga sen,
Shu savolni berib ko'rgin o'zingga sen,
Aytgil, do'stim, nima qildik Vatan uchun?
Ko'zi qora, yuragi oq shu el uchun,
Tuproq uchun, shu yurt uchun, chaman uchun,
Ulug' inson boshlab bergan shu yo'l uchun
Aytgil do'stim nima qildik vatan uchun
Ulug' inson boshlab bergan shu yo'l uchun,
Aytgil, do'stim, nima qildik Vatan uchun?
Buncha bino qo'yma zarrin choponlarga,
Saratonda yaproq bo'lgin dehqonlarga,
Suyangani tayoq bo'lgin cho'ponlarga,
Aytgil, do'stim, nima qildik Vatan uchun?
Eldan ketib, el bo'lganni kim biladi?
Don axtargan go'shtxo'rlarga yem bo'ladi.
Dil qonasa, ona tuproq em bo'ladi,
Aytgil, do'stim, nima qildik Vatan uchun?
Qachongacha qorning o'ylab o'tadirsan?
Qachongacha ko'kdan chalpak kutadirsan?
Axir Vatan bitta, Sen ham bittadirsan,
Aytgil, do'stim, nima qildik Vatan uchun?
Aytgil, do'stim, nima qildik Vatan uchun?
Ko'zi qora, yuragi oq shu el uchun,
Tuproq uchun, shu yurt uchun, chaman uchun,
Ulug' inson boshlab bergan shu yo'l uchun
Aytgil do'stim nima qildik vatan uchun
Ulug' inson boshlab bergan shu yo'l uchun,
Aytgil, do'stim, nima qildik Vatan uchun?



Writer(s): Gulsanam Mamazoitova



Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.
//}