Hulkar Abdullayeva - Lazgi paroles de chanson

paroles de chanson Lazgi - Hulkar Abdullayeva




Ilohiydan bir kuy bor, sadolari boshqacha
Oshiqlari boshqacha-ey, gadolari boshqacha
Dillarga xush yoquvchi, navolari boshqacha
Bu lazgidur, do'stlarim-ey! O'ynang lazgiga, o'ynang!
Bu lazgidur, do'stlarim-ey! O'ynang lazgiga, o'ynang!
Uzoqdan qarab turib, ko'z qipisha ulgurib
Yuragimni yondirib, turishing jon oladi
Siringni ayt, dilim g'ash, bu na o'ldirib qarash
Qalbima solib otash, qarashing jon oladi
Yurakka solib otash, qarashing jon oladi
Qarago'z, bo'y, bo'y, bo'y! Olago'z, bo'y, bo'y!
Qarago'z, bo'y, bo'y, bo'y! Olago'z, bo'y, bo'y!
Qaro qoshing kamondek, goh so'zlaring yolg'ondek
Gohida mehribondek bo'lishing jon oladi
Siringni ayt, dilim g'ash, bu ne o'ldirib qarash
Qalbima solib otash, qarashing jon oladi
Jonima solib otash, qarashing jon oladi
Qarago'z, bo'y, bo'y, bo'y! Olago'z, bo'y, bo'y!
Olago'z, bo'y, bo'y, bo'y! Qarago'z, bo'y, bo'y!
Bu muhabbat sehrli, bo'l sevgida rahmli
Shirin-shirin, yoqimli kulishing jon oladi
Siringni ayt, dilim g'ash, bu ne o'ldirib qarash
Qalbima solib otash qarashing jon oladi
Yurakka solib otash qarashing jon oladi
Qarago'z, bo'y, bo'y, bo'y! Olago'z bo'y, bo'y
Qarago'z, bo'y, bo'y, bo'y! Olago'z bo'y, bo'y
Qarago'z, bo'y, bo'y, bo'y! Olago'z bo'y, bo'y




Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.