Jaloliddin Ahmadaliyev - Sevmagan Qizlar (Live) paroles de chanson

paroles de chanson Sevmagan Qizlar (Live) - Jaloliddin Ahmadaliyev



O't to'la nigohim boqqanlarimni
O'zimga aytolmas yoqqanlarimni
Yodidan chiqarmas suratlarimni
Qalaysiz men sevsam sevmagan qizlar
Dadasi uzatdi oshnalariga
Kulishdi men kabi tashnalariga
She'rlar yozar edim poshnalariga
Qalaysiz men sevsam sevmagan qizlar
Tunda borar edim gohida daydib
Yozgan xatlarimni bermaydi qaytib
O'g'lini chaqirar ismimni aytib
Qalaysiz men sevsam sevmagan qizlar
Nigohingiz uzun nolangizdanam
Uzr so'rolmadim onangizdanam
Hovlimiz kichkina edi xonangizdanam
Qalaysiz men sevsam sevmagan qizlar
Bilaklari oppoq yengi topilmas
O'zlaricha osmon tengi topilmas
Bugun qo'shiq aytsam og'zi yopilmas
Qalaysiz men sevsam sevmagan qizlar
Ko'ksimda yuragim urib turibdi
Ishlarim yurishmay yurib turibdi
Butun dunyo qo'shig'im aytib yuribdi,
Qalaysiz men sevsam sevmagan qizlar



Writer(s): Jaloliddin Ahmadaliyev


Jaloliddin Ahmadaliyev - Jonli ijro (Live)
Album Jonli ijro (Live)
date de sortie
19-07-2021




Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.