Konsta - Jannatim, Davlatim paroles de chanson

paroles de chanson Jannatim, Davlatim - Konsta




Balki hayotim arzondir Ona,
Lekin hayotimda qimmatim o'zizsiz.
Balki orzularim armondir Ona,
Lekin bu hayotda jannatim o'zizsiz!
Balki men hayotda eng kuchsiziman,
Siz borsizki so'nmas savlatim Ota!
Albatta, mahalla boylari biz emas,
O'zizsiz topib bo'lmas davlatim Ota...!
Go'zal shahar bu va kistamda pul kammas,
Allaqachon katta bo'lib ulgurganmiz.
Menda hammasi yaxshi, men sog'lom va ko'rkamman,
Bu tashvishlar holva men battarin ko'rganman!
Kechiring men o'xshamadim hammaga,
O'zimda hamma gap, qiyin bo'lsa ham agar.
Ko'nmadim kamiga, men ko'nikmadim yamaga,
Ismim boshqa qo'yay sizlarni ham olib chiqmasam agar!
Teraman raqamni yo'talim bosib,
Siz deysiz sog' bo'lgin bolam, usting qalin bo'lsin.
Men hammasi yaxshi deyman siz ishonasiz,
Men yolg'onchi farzand, siz nuqsonsiz Onasiz!
Sog'indim derdimu lekin bundan kimga naf?
Siz ham erta ulg'ayganimni
Sezasiz jimgina.
Charchadim degim keladi kelar ko'zimga nam,
Taslim bo'p qaytvoray deyman lekin bundan kimga naf?
Balki hayotim arzondir Ona,
Lekin hayotimda qimmatim o'zizsiz.
Balki orzularim armondir Ona,
Lekin bu hayotda jannatim o'zizsiz!
Balki men hayotda eng kuchsiziman,
Siz borsizki so'nmas savlatim Ota!
Albatta, mahalla boylari biz emas,
O'zizsiz topib bo'lmas davlatim Ota...!
Ota sizga o'xshab yashashni istiyman,
O'rgattiz yomon hislarimni tashashni iste'mol.
Bo'ldiz odam bo'lib qolishimga bu maskaratta,
Siz davlatimsiz va bu davlat o'lchanmas karatta!
Sizdan olgan fazilatimdan
O'xshasamda toshga,
So'zim qadrlashga o'rgandim ko'cha qasamda toshgan.
Sizga o'xshayman deya qiynalsamda,
Otang zo'r inson deyishlari dilimga balzamdir.
Yo'limda qat'iyman!
Erishmaguncha STOP yo'q!
Men yo'limni izlab, bosib chiqdim juda ham ko'p yo'l,
Siz tushundiz meni ishondiz bu eng katta yordam!
Hammasiga erishaman
Ko'nikmiyman tayyoridan.
Men bu dunyoda sizni kichkina bir qismingizman,
Hurmat ko'rish ismim oldida sizni ismingizni.
Meni muxlislar maqtashsa aytishim joizdir,
Men zo'r bo'lsam bu sizni zo'rligizdan bir foizdir...!
Balki hayotim arzondir Ona,
Lekin hayotimda qimmatim o'zizsiz.
Balki orzularim armondir Ona,
Lekin bu hayotda jannatim o'zizsiz!
Balki men hayotda eng kuchsiziman,
Siz borsizki so'nmas savlatim Ota!
Albatta, mahalla boylari biz emas,
O'zizsiz topib bo'lmas davlatim Ota...!



Writer(s): Abdullayev Sharif



Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.
//}