Radius 21 - Feride paroles de chanson

paroles de chanson Feride - Radius 21



Oh bu farishta - Feride esiz
Orzulari cheksiz bo'lgan qishloqdan go'zal bu qiz
Istardi boylik "модельный" biznes
O'tdi tunlar uyqusiz kutardi sabrsiz
Sanalardi har bir kun to'planardi pul
Yuzida go'zal tabassum ko'zlarida nur
Xayolida fotosessiya paparatssi jurnal
Fashion podium atrofida shahzodalar
Qachon tugaydi maktab savol qaytadan berilib
Ezmalandi har soat yurak ketdi-ku ezilib
U rostdan ham go'zal edi qomati kelishgan
Nozik bo'lgan barmoqlarin nafis uzuklar bezagan
Ko'm-ko'k ko'zlar oh go'zal bu manzara
Maftun qilardi odamni sezilardi istara
Chet elda yuragi uni kutardi provinsiya
So'ng Moskva Amerika hattoki Gretsiya
Bir tarafdan qo'rqib hayotdagi prinsiplar
Aldab ketishsachi agar chet eldagi yigitlar?
O'ylandi kutdi rejalar tuzdi uzoq
Chetda bo'lsam derdi yanada tezroq
Yurakka dalda berdi vaqti ham kelgan edi
U yerda yashash uchun besh yuz dollari bor edi
Shpilka tufli kofta mini yubochka
Ozgina kosmetika kichkina sumochka
Onasi duo qildi ostona hatlab o'tdi
Samolyot tezlik bilan manziliga kelib qo'ndi
Fashion moda byuro qolmadi agentlik
Topilmadi hech bir joy topilgani - besh tiyinlik
Oradan bir oy o'tdi ko'rinmadi ish tagi
Uni qutqarib qoldi xaloskor Volkswagenda
Osmondagi va'dalar yoqimli xushomad
Gullar pul restoran so'ng haqorat
Xiyonat qildi xo'sh bu katta shahar
Odamning xatolari balkim yaxshi hayotga boshlar?!
Keyin ikkinchi so'ngra uchinchi - bir amaki boy
Uni sevib qoldi!
Rejalar bisyor edi Rio de Janeyro Rim
Ajoyib roman edi xuddi "happy end"lik film
Mashina dacha to'yni rejalashtirdi
Bilsa firibgar ekan qamalib ketdi
Yana bir bankir - undan keyingi manzil
Ishda kirim faqat hamma gaplari hazil
Tug'ilgan kunim dedi yolg'iz qoldirma meni
Do'stlarim ham bor dedi
Feride rozi bo'ldi
Tug'ilgan kun chetda bir dacha
Yo'li ham shahardan anchagina uzoqda joylashgan ekan
Bayramni nishonlashdi bankir yo'q
Feride uni izlab do'stlaridan eshitdi quyidagicha gap:
"U seni qimorda yutqazib qo'ydi
Asaloy ranjima shunaqasi ham bo'ladi"
Ko'pligidan chalkashib ketdi
Xato barbod ordan judo sado nido eshitmadi Xudo
Shpilka singan yirtilib ketgan yubochka
Bo'yalgan kosmetika pulga to'lgan sumochka
Feride darrov qochib pullarni ilib
Shahar tomon yo'lda ketayotib birdan o'ylanib:
"Pul uchun qimmat tasqara mayli" deya o'zidan rozi
Qolmadi ko'zida olmosi nozi qolgandi ozi
Pul uchun sabr edi sabr uchun pul edi - hayotimiz qonuni
Bilinmay bir yil o'tdi uyiga olindi bilet
Jonga tekkan bu hayot ortida qolardi chet
Yillar to'plangan ko'z yoshlar to'kilib ketdi-ku
Nahot orzu qilingan hayot aynan shu?
Oh bu farishta - Feride esiz
Orzulari cheksiz bo'lgan qishloqdan go'zal bu qiz
O'ylandi kutdi rejalar tuzdi uzoq
Chetda bo'lsam derdi sodda qiz tezroq




Radius 21 - Mag'rur
Album Mag'rur
date de sortie
16-07-2014




Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.