Radius 21 - Unutolmadim paroles de chanson

paroles de chanson Unutolmadim - Radius 21



Sendan judo bo'lsamda kecholmadim azizim
Bugun ko'zlarimda nam, sevgim yolg'on emas hech
Kechmagan bo'lsang mendan so'z ochma judolikdan
Bu ne siru-sinoat yecholmadim azizim?
Nimasini ham aytay? Bu - sevgi, sir emas hech!
Taqdirga tan bermasdan tolmasman kurashishdan
Taqdir ekan, tan berdim, to'leyimga bitmading
Ishonaman kun kelar, yulduzlar porlab ketar
Shunda taqdirning o'zi sevgimizga tan berar
Yillar yuvdi ko'nglimni, sen yuvilib ketmading
Mayli, seni ko'nglingni yil emas asr yuvsin
Yurakdagi sevgimni qudrati yuvilmasin
Qondur bemor yuragim chala yarim jondur
Qalbim bog'lari sarg'aygan hazondur
Negadir seni unutolmadim!
Bordur hali-hali sendan umidim bordur
Sensiz dunyo go'zalim juda tordur
Negadir seni unutolmadim!
Qondur bemor yuragim chala yarim jondur
Qalbim bog'lari sarg'aygan hazondur
Negadir seni unutolmadim!
Bordur hali-hali sendan umidim bordur
Sensiz dunyo go'zalim juda tordur
Negadir seni unutolmadim!
Qalbim to'la mehr
Chindanam sevaman ahir
Olib ketadi hayolim mani sen tomon
Sog'inaman yomon
Armonda, hazonda, gumonda
Bahtli bo'laman deganimda endi
Yarim bo'lagimni topganimda senda
Hech, qaylarga g'oyib bo'lasan hayotimdan
Kimdan ko'raman sababini, kim biladi?
Nega taqdir bizni ustimizdan kuladi?
Uchrashtiradiyu ayiradi ketidan
Azoblar keladi sevgini hididan
Baxtsiz muhabbatim yosh boshimga balo
Majnun dardiga nega bo'ldim mubtalo?
Layli...
Laylimisan? Shirinmisan?
Bu dunyoda sensiz manga juda zerikarli!
Qondur bemor yuragim chala yarim jondur
Qalbim bog'lari sarg'aygan hazondur
Negadir seni unutolmadim!
Bordur hali-hali sendan umidim bordur
Sensiz dunyo go'zalim juda tordur
Negadir seni unutolmadim!
Qondur bemor yuragim chala yarim jondur
Qalbim bog'lari sarg'aygan hazondur
Negadir seni unutolmadim!
Bordur hali-hali sendan umidim bordur
Sensiz dunyo go'zalim juda tordur
Negadir seni unutolmadim!
Sensiz yurak chaqnamas, urmas
Tomirlarda qaynamas qonim
Chunki, senla vujudim qalbim
Qaynoq hayot suyukli jonim
Izlaganda birinchi bora
Hayot uchun o'zimga sirdosh
Qayerdandir seni uchratdim
Va sen bo'lding qalbimga quyosh!
Shuning uchun sevaman seni
Shuning uchun mehrimni qo'ydim
Shuning uchun hayotimda
Faqat seni, seni tanladim!




Radius 21 - Xotira
Album Xotira
date de sortie
26-03-2019




Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.