Sardor Mamadaliyev - Ota-Ona Duosi paroles de chanson

paroles de chanson Ota-Ona Duosi - Sardor Mamadaliyev




Bir kuni go′zallar qarg'aydi meni
Qarovsiz muhabbat uchun qarg′aydi
Men pinak buzmayman hadik tortmayman
Onamning duosi meni asraydi,
Otamning duosi meni asraydi.
Bir kuni go'zallar qarg'aydi meni
Qarovsiz muhabbat uchun qarg′aydi
Men pinak buzmayman hadik tortmayman
Onamning duosi meni asraydi,
Otamning duosi meni asraydi.
Bir kuni do′stlarim qarg'aydi meni
Sotilgan sadoqat uchun qarg′aydi
Sulaymon g'oridan topmasman panoh
Onamning duosi meni asraydi,
Otamning duosi meni asraydi.
Bir kuni qo′shiqlar qarg'aydi meni
Yolg′on qo'shiqlarim meni qarg'aydi
Men baribir qo′rqmay kuylayveraman
Onamning duosi meni asraydi,
Otamning duosi meni asraydi.
Yetar men na jamshid na hotamtoyman
Na orzusi paymol bo′lgan humoyman
Soflig-u mas'umlik haqqi hurmati
Bir kuni o′zimni o'zim qarg′ayman
Bir kuni o'zimni o′zim qarg'asam
Onamning duosi meni asraydi,
Otamning duosi meni asraydi.
Onamning duosi, otamning duosi
Meni asraydi.



Writer(s): Sardor Mamadaliyev


Sardor Mamadaliyev - Live 2015
Album Live 2015
date de sortie
01-10-2015




Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.
//}