Sardor Tairov - Singlim paroles de chanson

paroles de chanson Singlim - Sardor Tairov




Dunyolarga ishonmayman uni men,
Ranjitsalar og'riydi ko'nglim.
U baxtiyor bo'lsa men baxtiyor,
Dunyoda eng go'zal, yagona singlim.
Bugun uydan singlim ketar,
Yor-yor bilan, yor-yor bilan.
Ko'ngli orzularga limmo-lim,
Akasin erkasi, ey guloyim.
O'z uyida bugun aziz mehmonim,
Dunyoda eng go'zal, yagona singlim.
Bugun uydan singlim ketar,
Yor-yor bilan, yor-yor bilan.
Ko'ngli oppoq qordek beg'uborim,
Ro'moli yarashgan, ey guloyim.
Kulsangchi, kul, manim erkatoyim,
Dunyoda eng go'zal, yagona singlim.
Bugun uydan singlim ketar,
Yor-yor bilan, yor-yor bilan.
Ko'ngli orzularga limmo-lim,
Akasin erkasi, ey guloyim.
O'z uyida bugun aziz mehmonim,
Dunyoda eng go'zal, yagona singlim.
Bugun uydan singlim ketar,
Yor-yor bilan, yor-yor bilan



Writer(s): Sardor Tairov



Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.