Sevara Nazarkhan - Menga Ham Orgating paroles de chanson

paroles de chanson Menga Ham Orgating - Sevara Nazarkhan



Menga ham o'rgating sog'inmaslikni
Barin unutmoqni o'rgating menga
O'rgating goh o'ylab og'rinmaslikni
Va bu ishqni qanday olmoqni yenga
Menga ham o'rgating tashlab ketishni
Va ayta olmoqni achchiq so'zlarni
O'rgating ayamay yoshlab ketishni
Izingizdan qarab qolgan ko'zlarni
Menga ham o'rgating sadqasi bo'lay
Ishqingiz o'rgatgan har bir saboqning
O'rgating anglating men nima qilay
Humori o'rtasi otash dudoqning
Menga ham o'rgating suyunmaslikni
Beparvo bo'lmoqni agar suysalar
O'rgating hech qachon kuyunmaslikni
Ishqingizdan yonib yonib kuysalar
Menga ham o'rgating lazzat olishni
O'zgani sevdirib o'zi sevmasdan
O'rgating bir umr yodda qolishni
Va kelmay ketmoqni bir so'z demasdan
Menga ham o'rgating sog'inmaslikni
Menga ham o'rgating sog'inmaslikni



Writer(s): Bobur Bobomurod


Sevara Nazarkhan - 2019
Album 2019
date de sortie
14-01-2019




Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.