Ummon guruhi - Xumorim paroles de chanson

paroles de chanson Xumorim - Ummon guruhi



Sen bo'lsang,
Sen bilan baxtliman.
Agarda bo'lmasang,
Unda man netarman.
Qorong'u tun bo'lsang,
Unda ko'ngling bo'lay.
Agarda kun bo'lsang,
Unda suving bo'lay.
#Shohrux:
To'ldiray sevgimga,
Qalbingni mehrimga.
Eng go'zal onlarni,
Hadya etay men senga.
#Jasur:
To'ldiray mehrimga,
Qalbingni sevgimga.
Eng go'zal onlarni,
Hadya etay men senga.
#Naqorat:
Ko'zlari humorim,
Kel yonimga kelaqol.
Yuzlari oppog'im,
Kelib bir umrga qol.
Gullarga bezadim,
Sen kelar yo'llaringni.
Shu kunni qanchalar,
Kutganman axir shu kunni...
#UmmoN:
Agar sen oy bo'lsang,
Undagi dog' bo'lay.
Agarda tog' bo'lsang,
Ustida qor bo'lay.
Agar Shirin bo'lsang,
Men Farhoding bo'lay.
Yorim bo'l - seni baxtli etay!
#Shohrux:
To'ldiray gullarga,
Gavhar-u durlarga.
Bir umr birga bo'lib,
Yashna to'lib nurlarga.
#Jasur:
To'ldiray gullarga,
Gavhar-u durlarga.
Bir umr baxtli bo'lib,
Yashna to'lib nurlarga.
Ko'zlari humorim,
Kel yonimga kelaqol.
Yuzlari oppog'im,
Kelib bir umrga qol.
Gullarga bezadim,
Sen kelar yo'llaringni.
Shu kunni qanchalar,
Kutganman axir shu kunni...



Writer(s): ummon guruhi


Ummon guruhi - Xumorim
Album Xumorim
date de sortie
27-06-2017




Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.