paroles de chanson

Tun yarimda soyiri gulzor eding kimlar bilan?
Bulbul uyg'onguncha sen bedor eding kimlar bilan?
Lolaga may to'ldirib, gulshanda soqiy muntazir,
Mast eding kimlar bilan, hushyor eding kimlar bilan?

Bog'da rayhon bargi bilran o'ynashar erkin sabo.
Suvdagi gul ichra sen ham bor eding kimlar bilan?
Oshig'ing gul bog'ladi jon rishtasiga sen uchun,
Qaysi gulni hidlading sen, yor eding kimlar bilan?
Oshig'ing gul bog'ladi jon rishtasiga sen uchun,
Qaysi gulni hidlading sen, yor eding kimlar bilan?
Tun yarimda soyiri gulzor eding kimlar bilan?
Bulbul uyg'onguncha sen bedor eding kimlar bilan?
Lolaga may to'ldirib, gulshanda soqiy muntazir,
Mast eding kimlar bilan, hushyor eding kimlar bilan?
Garchi ushshoq ahliga yo'qdur ajal, rashk o'ldirur,
Chustiyga ayt, sevgida hamkor eding kimlar bilan?

Writer(s): Xurshid Rasulov

Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.
Chargement
Chargement