Alisher Fayz - Yolg'on Ekanku текст песни

Текст песни Yolg'on Ekanku - Alisher Fayz



Janon, qaro qoshing sening kamon ekanku
O'sma qo'ygan deb edilar, yolg'on ekanku!
Qarashlaring yuragimga ishq o'ti soldi
Sevgi dardi yurak uchun yomon ekanku
Janon, qaro qoshing sening kamon ekanku
Necha tunlar visolingni qo'msab yondim
Qalbni tirnar zo'r narsasi hijron ekanku
Sog'inganda chidolmasdan ko'z yoshim ravom
Visol fasli oshiq uchun davron ekanku
Janon, qaro qoshing sening kamon ekanku
Kel, boshlayin gulzorima, gullar teraylik
Bilib oldim, sevgan guling rayhon ekanku
Sevganingla sayr aylasang vafo bog'ini
Muhabbatning barcha yo'li ravon ekanku
Janon, qaro qoshing sening kamon ekanku
Bilib oldim, sevgan guling rayhon ekanku
Visol fasli oshiq uchun davron ekanku
Janon, qaro qoshing sening kamon ekanku



Авторы: Alisher Fayz


Alisher Fayz - Yolg'on Ekanku
Альбом Yolg'on Ekanku
дата релиза
10-04-2017




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.