Bahrom Nazarov - Otajon-Onajon текст песни

Текст песни Otajon-Onajon - Bahrom Nazarov




Duoyingiz ko'zlarimning nurlari,
Borligingiz qalbimning huzurlari.
Parvonasiz kecha-kunduz qoshimda,
Shundan tinmas tilimning shukurlari.
Otajon, onajon jonim madori,
Otajon, onajon baxtim tumori.
Umrim tilab duodasiz hamisha,
Omad qushi boshimdadir har ishda.
Sizlar borki, to'lib turar koshonam,
Mening jonim qiynalmaydi tashvishda.
Otajon, onajon jonim madori,
Otajon, onajon baxtim tumori.
Farzandlarim to'yin ko'rib,
Nabiralar bo'yin ko'rib,
Yana baxtin ko'ring deyman
To'qsonu-yuz yoshga kirib.
Otajon, onajon jonim madori,
Otajon, onajon baxtim tumori.



Авторы: Bahrom Nazarov


Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.