Botir Qodirov - Ey dil текст песни

Текст песни Ey dil - Botir Qodirov




XYZ
Botir Qodirov
Ey dil
Ey dil, seni nima qilay,
Nima qilsam og'rimaysan,
Ey dil, seni nima qilay,
Nima qilsam yig'lamaysan?
Kaftda tutay, gulga o'ray,
Nima qilsam yig'lamaysan?
Tiling bo'lsa aytgin axir
Ketaylikmi osmonlarga?
Odami yo'q, ozori yo'q,
Bozori yo'q tomonlarga?
Ey dil, seni nima qilay,
Nima qilsam og'rimaysan,
Ey dil, seni nima qilay,
Nima qilsam yig'lamaysan?
Shabnamdayin to'kdilarku,
Tariqdayin sochdilarku,
Har kasodning bozorida
Savdo qilmay sotdilarku.
Ey dil, seni nima qilay,
Nima qilsam og'rimaysan,
Ey dil, seni nima qilay,
Nima qilsam yig'lamaysan?
Qirni yorgan qirq chechaksan,
Ishq ahliga belanchaksan,
Tashna kelsam mehring buloq,
Kaftda tutib jonhalaksan.
Ey dil, seni nima qilay,
Nima qilsam yig'lamaysan,
Ey dil, seni nima qilay,
Nima qilsam yig'lamaysan?
Ey dil...



Авторы: Iqbol Muhammad, Nodir Azimov


Botir Qodirov - Ko'ngil Izhori
Альбом Ko'ngil Izhori
дата релиза
07-03-2019





Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.