Bunyodbek Saidov - Shekilli текст песни

Текст песни Shekilli - Bunyodbek Saidov



Na qilay rohatim yo'q,
Ishimda bir unum yo'q,
Sog'inaman vaslingni,
O'ylamagan kunim yo'q.
She'r aytmagan kunim yo'q,
She'r bitmagan tunim yo'q.
Ko'zim - ko'zingga tushdi,
Men yonaman shekilli,
Devonaman shekilli,
To'lg'onaman shekilli.
Shul bois yuzim sariq,
Bog'larga keldi xazon,
Dil kuyar, iymon kuyar,
O'tlarga tushdi zabon,
Navoiy o'qib erdim,
Majnunga bo'lib hayron.
Ko'zim -ko'zingga tushdi,
Men yonaman shekilli,
Devonaman shekilli,
To'lg'onaman shekilli.
Gul ko'tarib o'tarman,
Bu sevgi ko'chasidan,
Sadoqatda muqimman,
Oshiqlar nechasidan,
Etmasam uchib chiqur,
Yurak o'z go'shasidan,
Ko'zim -ko'zingga tushdi,
Men yonaman shekilli,
Devonaman shekilli,
To'lg'onaman shekilli.
Chirog'ingga urilgan,
Parvonaman shekilli,
Ishqingda tuproq o'ldim,
Uyg'onaman shekilli.
Shoirligim ne bo'ldi,
Men tonaman shekilli.
Ko'zim - ko'zingga tushdi,
Men yonaman shekilli,
Devonaman shekilli,
To'lg'onaman shekilli.
Na qilay rohatimyo'q,
Ishimda bir unum yo'q,
Sog'inaman vaslingni,
O'ylamagan kunim yo'q.
She'r aytmagan kunim yo'q,
She'r bitmagan tunim yo'q.
Ko'zim -ko'zingga tushdi,
Men yonaman shekilli,
Devonaman shekilli,
To'lg'onaman shekilli.



Авторы: Bunyodbek Saidov


Bunyodbek Saidov - Jo'ralar
Альбом Jo'ralar
дата релиза
18-01-2019




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.