GOLD RS - Seni Deya текст песни

Текст песни Seni Deya - GOLD RS




Uyg'onaman sahar, quyosh nurlariga muhtoj
Yillar o'tti nima o'zgardi, faqat oqaradi soch
O'tmishdagi xatolar yodimda doim
Lekin yurak Egamga talpinib talab qildi yana rivoj
Kimlarni dilini og'iritib o'tti kunlar
Gunohlarimni yozsam balki to'lip ketadi daftar
Lekin men senga o'xshagan ojiz bandda
Qaytmas yo'llarim yo'q va shu niyatda tunim o'tadi kundan
Shu bir necha milliondan ortiq odam
Xamma yolg'iz ichida g'am dardga topa olmay malham
Izlab yuradi nimalarni osmondan
Balki javob qiynab yurgan savolga
Qalbni og'ritadigan
Bandasiga ishonib men ham yashadim
Parcha parcha bo'ldi yurak, har turga tushti holatim
Lekin
Nuqta qo'yib oxiri hammasiga man
Azonda uni yoninga shoshaman
Tonglar otar
Shukur aytib qo'lim ochtim
Har lahza yo'llaring izlab
Talpinaman
Bir kun kelar
Hamma qabr sari ketar
Rahmatingni so'rab yana
Men yeg'layman
Robbim seni deya
Qasrlar keragi yuq, bu dunya aldab ketar axir
Hayotini yashab qidirma tirnoq tegida kir
Bir kun kelib balkim dushmaningda ochilar ko'ngil
Ammo Ko'cha jigarlar dilinga sepadi mung'il
Qiyinchilik ortidan yana senga quvonch kelar
Ammo yaratgan egam doim faqat seni eslar
Behonumon xatti xaraktlaringni kechirib
Bir qadam bosgan joyingda sen kutgan yo'l ochilar
Shu bir necha milliondan ortiq odam
Xamma yolg'iz ichida g'am, ularni qatorlarida men ham
Izlab yurganman nimalar odamlardan
Balki savollarimga javob, balki kerak bo'lgan payt yordam
Bandasiga ishonib men ham yugurdim
Parcha parcha bo'ldi yurak, har turga tushti holatim
Lekin
Jim jit xonamda o'zim bilan bag'rimdan
U bilan gaplashishga yana shoshaman
Tonglar otar
Shukur aytib qo'lim ochtim
Har lahza yo'llaring izlab
Talpinaman
Bir kun kelar
Hamma qabr sari ketar
Rahmatingni so'rab yana
Men yig'layman
Robbim seni deya



Авторы: Rustamjon Sadullaev



Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.