Gulsanam Mamazoitova - Dil Ozor текст песни

Текст песни Dil Ozor - Gulsanam Mamazoitova



Ey jon, dilozor etmagin,
Mehringga ko'p zor etmagin.
Yo'llaringga ko'zlarimni
Bunchalar intizor etmagin.
Ishqdan yurak ojizgina,
Sani deydi yolg'izgina.
Mani qiynab nima foyda?
Kelgin yonimga tezgina.
Ey jon, dilozor etmagin,
Mehringga ko'p zor etmagin.
Yo'llaringga ko'zlarimni
Buncha intizor etmagin.
Yorim desam, jonim desam,
Dardimga darmonim desam,
Malikam, dermusan mani,
Sani man sultonim desam?
Kutgin maning bir qarashim,
Ko'zlari olov, otashim.
O'zgalarga imo qilib,
Keltirmagin maning g'ashim.
Ey jon, dilozor etmagin,
Mehringga ko'p zor etmagin.
Yo'llaringga ko'zlarimni
Buncha intizor etmagin.
Kelishlaringdan o'rgilay,
O'zim parvonalar bo'lay.
Buncha o'tli nigohlaring,
Qarshingda qilma noqulay.
Kutgin maning bir qarashim,
Ko'zlari olov, otashim.
O'zgalarga imo qilib,
Keltirmagin maning g'ashim.
Ey jon, dilozor etmagin,
Mehringga ko'p zor etmagin.
Yo'llaringga ko'zlarimni
Buncha intizor etmagin.



Авторы: Hurshid Darvesh


Gulsanam Mamazoitova - Dil Ozor
Альбом Dil Ozor
дата релиза
28-02-2019




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.