Konsta - Orzu qilaman текст песни

Текст песни Orzu qilaman - Konsta




Orzu qilaman
Qaysi eshikni ochsam ham hamma hursand
Hamma insonlar teng bo'lib bitta ko'chadan yursa
Bir birini aldamas xattoki bo'lsa ham fursat
Orzu qilaman
O'lguncha shularni ko'rsam
Insonlar bir birini qilmaydi g'iybat
Dushmandek hursand bo'lmas boshingga tushsa musiybat
Yashasal bir birimizni suyib qadrlab siylab
Shuni orzu qilaman har kuni o'zimni qiynab
Orzu qilaman
Insondan qadrliroq turmasa pul yoki lavozim
Asrlar oshib kelgan kasalimiz topsa davosin
Bir biriga dushmanchilil odat ham o'tmishda qolsa
Men orzu qilaman
Gapiraman toki bor ovozim
Orzu qilaman
Tassavur qil bir birini doim qo'llat vatandosh
To'xta deydi qo'shil volmaydi otilganida orqadan tosh
Tassavur qil bir bo'lib chiqarsak bir yokadan bosh
Tassavur qilsam behosdan ko'zlardan oqadi yosh
Orzu qilaman
Orzu qilaman
Insonlar kabi fikrlasak o'xshamay to'daga
O'zimiz tanlasak ergashmay trend yoki modaga
Yugurtirmasa bizni qandaydir arzon chegirma yo tekin
Inoq bo'lsak har ikkinchi xalq kabi dunyodagi
Orzu qilaman
Insonlar birovni shaxsiy ishi bilan qiziqmasa
Qachon to'y qaysk kasbni tanlashi hech kimni siqmasa
Dushman kim bo'lsa bo'lsin faqat o'zimizni ichimizdan chiqmasin
Birlashsak ta'sir qilmas bizga o'zgalarni fitnasi
Orzu qilaman
Lekin bu muammo yuz yillik balki ko'proq
Nima qilay shu bo'lsa kindik qon to'kilgan tuproq
Dunyoda erishsa bo'lar oddiy orzular ko'proq biroq
Hech bo'lmasa shu orzudan ko'nglim bo'ladi to'qroq
Orzu qilaman



Авторы: Alinur Rashidov, Sharifjon Abdulayev



Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.