Lola Yuldasheva - Yaralangan Qanot текст песни

Текст песни Yaralangan Qanot - Lola Yuldasheva



Begona bir shahar
Yolg'izlangan xona
Yig'laydi tong qadar
Qaytishiga ishonar
Yuragiga sig'mas
Kipriklar namlangan
Nahotki u emas?
Nahot u aldangan?
Yig'lardir zora-zora
Yolg'izlikdan bechora
Umidlar birma bir
So'nib borar tobora
Qayg'ularning cheki yo'q
Savollarning oxiri
Nahotki shu bo'lsa
Sevganning taqdiri?
Nimadandur ovunasan
Halovating bilmaysan
Keyin o'ylayverib yig'laysan, tinmaysan
Qarasang o'zingga, o'zing emassan nega?
Bir qanoti singan qush turar aksingda
Yaralangan bir qanot
Bilan uchar bir qushcha
Buncha taqdir bevafo
O'ksib yig'laydi qizcha
Yaralangan bir qanot
Bilan uchar qaygacha?
Bu qilmishing albat
O'zinga qaytadi yigitcha!
Faqat yig'lama qizcha!
Begona bir shahar
Yolg'izlangan xona
Yig'laydi tong qadar
Qaytishiga ishonar
Yuragiga sig'mas
Kipriklar namlangan
Nahotki u emas?



Авторы: lola yuldasheva


Lola Yuldasheva - Yaralangan Qanot
Альбом Yaralangan Qanot
дата релиза
18-01-2016




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.