Mashxurbek Yuldashev - Do'st (guitar version) текст песни

Текст песни Do'st (guitar version) - Mashxurbek Yuldashev




Olis hayot yo'llarida hamrohim,
Yaxshi-yomon kunlarimga guvohim,
Dardu-alam, sitamlardan panohim,
Chin do'stimdan ayirmagin, Ollohim.
Olis hayot yo'llarida hamrohim,
Yaxshi-yomon kunlarimga guvohim,
Dardu-alam, sitamlardan panohim,
Chin do'stimdan ayirmagin, Ollohim.
Ollohim.
Osmonlarga uchar bo'lsam, qanotim,
Nola qilsam, yetarmu senga dodim?
Yalinaman qanotimni qayirma,
Jondan ayirsang, ayirgil,
Chin do'stimdan ayirma!
Chin do'stimdan ayirma!
Do'stim kelsa, koshonadir kulbam ham,
Do'stim bo'lsa, yiroq yurar mendan g'am.
Mayli, menga bo'lsin hamma dard-alam,
Chin do'stimdan ayirmagin, Ollohim.
Tangrim, quloq tutgin mening nolamga,
Do'stdan bo'lak kimim ham bor olamda?
Gar jon kerak bo'lsa, olgin tanamdan,
Chin do'stimdan ayirmagin, Ollohim,
Ollohim.
Osmonlarga uchar bo'lsam, qanotim,
Nola qilsam, yetarmu senga dodim?
Yalinaman qanotimni qayirma,
Jondan ayirsang, ayirgil,
Chin do'stimdan ayirma!



Авторы: Mashxurbek Yuldashev


Mashxurbek Yuldashev - Do'st (Guitar Version)
Альбом Do'st (Guitar Version)
дата релиза
03-09-2020




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.
//}