Ozodbek Nazarbekov - Eshigingda (Live) текст песни

Текст песни Eshigingda (Live) - Ozodbek Nazarbekov



Man nola qilay shomu sahar dod, eshigingda,
Jonimni beray, sho'xi parizod, eshigingda.
Ul lolayu rayhonu suman, toza qizil gul,
Ham sarv bukuldi, qaddi shamshod eshigingda.
Zulfing sani bu jonima yuz domi bo'ladur,
Jonim qushi sayd o'ldi chun sayyod eshigingda.
Man nola qilay shomu sahar dod, eshigingda,
Jonimni beray, sho'xi parizod, eshigingda.
Olam borisi lazzati husningni topibdur,
Giryonu fig'on, nolayu faryod eshigingda.
Man nola qilay shomu sahar dod, eshigingda,
Jonimni beray, sho'xi parizod, eshigingda.
Savdoyi muhabbatga tushubman sani izlab,
O'ldirdi g'aming, ko'zlari jallod, eshigingda.
Ashkim to'kubon hajru g'amingda kecha-kunduz,
Vayrona vatan - manzili obod eshigingda.
Man nola qilay shomu sahar dod, eshigingda,
Jonimni beray, sho'xi parizod, eshigingda.
Ul husnu jamoling o'ti Mashrabga tushubdur,
Parvonasifat kuydi, parizod, eshigingda.
Man nola qilay shomu sahar dod, eshigingda,
Jonimni beray, sho'xi parizod, eshigingda.




Ozodbek Nazarbekov - Live
Альбом Live
дата релиза
28-06-2015




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.