Ozodbek Nazarbekov - Gulandonim текст песни

Текст песни Gulandonim - Ozodbek Nazarbekov



Ko'zim nuri latofatta,
Nafish ozoda janonsan.
Nechuk ham yaxshi janonsan,
Mening jismim aro jonsan.
Sening mehring bilan to'lgan,
Dilimda ne tilak bo'lsa.
Dedim qosh u qabog'imdan,
Yaqin yor u qadirdonsan.
Bahor ayyomidek zavqim,
To'lib to'lqin urar ko'rsam.
Ochilgan g'unchadek yashnab,
Hazonsiz bir gulistonsan.
Gulandonim diloromim,
Muloyim ofati jonsan.
Ko'zim nuri latofatta,
Nafish ozoda janonsan.
Gulandonim diloromim,
Muloyim rohati jonsan.
Nechuk ham yaxshi janonsan,
Mening jismim a'ro jonsan.
Chamamda qo'lga soz olsang,
Navoiydan o'qib kuyla.
Qolur xayratta bulbullar,
Shirin kuychi g'azalxonsan.
Qoshindan ketma bir soat,
Ko'ngil tashna visolinga.
Ko'zim to'ysin jamolinga,
Aziz hurmatli mehmonsan.
Habibi kechalar o'yna,
Ulashgay tunlarim kuyga.
Ko'zimdin uyqi begona,
Ilojin qil bilimdonsan.
Gulandonim diloromim,
Muloyim ofati jonsan.
Ko'zim nuri latofatta,
Nafish ozoda janonsan.
Gulandonim diloromim,
Muloyim rohati jonsan.
Nechuk ham yaxshi janonsan,
Mening jismim aro jonsan.



Авторы: nodir umarov


Ozodbek Nazarbekov - Gulandonim
Альбом Gulandonim
дата релиза
21-12-2016




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.