Текст песни




I.
Bugun osmon dardlarim tinglar,
Yomğir bõlib gõyoki yiğlar.
Alamlar cheki yòq, oğrinaman.
Sen u tomon, men bu tomon qara
Ketmoqdamiz sevgimiz xõrlab, qiynalmoqdaman.
Umidvor yurak,
Unga sen kerak.
Qiynalar yomon,
Sõğindim ishon.
Umidvor yurak,
Kõnmasa kerak.
Nahotki yõq imkon,
Soğindim yomon.
II.
Ilgari vaqt ham tez õtar edi,
Yonimda bõlganing yetar edi.
Sen bilan yonardim, sõnmoqdaman.
Kòrsam edi seni, men bir nafas
Sensiz dunyolar gõyo bir qafas, kõnikmoqdaman.
Umidvor yurak,
Unga sen kerak.
Qiynalar yomon,
Sõğindim ishon.
Umidvor yurak,
Kõnmasa kerak.
Nahotki yõq imkon,
Soğindim yomon.



Авторы: Sardor Rahimxon



Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.
Загрузка
Загрузка