Sherali Jo'rayev - Sensan Yorim текст песни

Текст песни Sensan Yorim - Sherali Jo'rayev



Nogoh esgan shamollardan,
Shubha-gumon, savollardan,
Yolg'on, yomon xayollardan
Asragayman seni, yorim.
Jabru-jafo sitamlardan,
Achchiq ko'z yosh, alamlardan,
Ul hasadgo'y sanamlardan
Asragayman seni, yorim.
Sensan yorim, beg'uborim,
Bir umrga vafodorim.
Xasta bo'lma, darmoningman,
Safarlarda men zoringman.
Baxtlar tilab har oning man,
Asragayman seni, yorim.
Ko'z tegmasin ko'zimdan ham,
Jim turarman so'zimdan ham,
Sevarman, lek o'zimdan ham
Asragayman seni, yorim.
Sensan yorim, beg'uborim,
Bir umrga vafodorim.



Авторы: Sherali Jo'rayev


Sherali Jo'rayev - Sensan Yorim
Альбом Sensan Yorim
дата релиза
18-01-2019




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.