Shohruhxon feat. Jenisbek Piyazov - Sog'inch текст песни

Текст песни Sog'inch - Shohruhxon feat. Jenisbek Piyazov




Sog'inch
Yana olis, yana yo'lda, hayotim safarda,
Yana yolg'iz, yana yo'lda ko'zlar har saharda.
Yana tonglar, yana tunlar begona shaharda,
Sen kutarsan, kelmasam ham men agarda.
Yana olis, yana yo'lda, hayotim safarda,
Yana yolg'iz, yana yo'lda ko'zing har safarday o'shal.
Yana tunlar, yana tonglar begona shaharda,
Sen kutarsan, kelmasam ham men agarda.
Dunyolarga sig'may, sog'inib yasharlar,
Olislarni ko'zlab, dovonlar osharlar.
Bedor tunlarini kunlarga ularlar,
Sog'inib, sog'inib, sog'inib dillar dardlasharlar.
Yana sog'inch, yuragimiz qiynaydi armonlar,
O'rtamizda bor daryolar, bor tog'lar, o'rmonlar.
Ko'zlarimiz to'ymagan hech visolga, sarsonlar,
Qalbimizni kuydiradi bu hijronlar.
Dunyolarga sig'may, sog'inib yasharlar,
Olislarni ko'zlab, dovonlar osharlar.
Bedor tunlarini kunlarga ularlar,
Sog'inib, sog'inib, sog'inib dillar dardlasharlar.



Авторы: Shohruhxon


Shohruhxon feat. Jenisbek Piyazov - Sog'inch (feat. Jenisbek Piyazov) - Single
Альбом Sog'inch (feat. Jenisbek Piyazov) - Single
дата релиза
18-04-2020



Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.
//}