Shohruhxon - Xatlar текст песни

Текст песни Xatlar - Shohruhxon



Ortga qaytdi olis-olis uchgan qushlar,
Qaytdi yana ortga yozu-qishlar,
Ammo qaytmas senga yozgan xatlar,
Nega, bilmam?
Balki u senga yetmay yo'lda qoldi
Yoki xatlarimni o'zga oldi.
Sendan javob kutib ko'zim toldi,
Dilda armon qoldi.
Xatlar to'la dardlarim,
Dardlar to'la xatlarim.
Yig'lar bugun yurakda
Unda qolgan baxtlarim.
Senga yetmas, senga yetmas
Afsus, yorim.
Xatlar to'la dardlarim,
Dardlar to'la xatlarim.
Yig'lar bugun yurakda
Unda qolgan baxtlarim.
Qalbim bosdim, senga yozdim
Yurak zorim.
Maktublarim uzra ketgan edi qalbim,
Endi yurak-bag'rim ezar dardim.
Yillar o'tdi qancha, sendan kelmas
Javob, yorim.
Ko'klarda parvoz aylar oqqush bari,
Oppoq varaq kabi qanotlari.
Nogoh qora ko'rsang qanotida,
Bilgin, u mening xatlarim.
Xatlar to'la dardlarim,
Dardlar to'la xatlarim.
Yig'lar bugun yurakda
Unda qolgan baxtlarim.
Senga yetmas, senga yetmas
Afsus, yorim.
Xatlar to'la dardlarim,
Dardlar to'la xatlarim.
Yig'lar bugun yurakda
Unda qolgan baxtlarim.
Qalbim bosdim, senga yozdim
Yurak zorim.



Авторы: Shohruhxon


Shohruhxon - Xatlar
Альбом Xatlar
дата релиза
02-03-2020

1 Xatlar




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.