Ulug'bek Rahmatullaev - Ko'rmadim текст песни

Текст песни Ko'rmadim - Ulug'bek Rahmatullaev




Ko'rmadim hech bir chamanda sen kabi ra'noni man,
Zulfi tol-tol, so'zlari bol, ko'zlari shahloni man.
Ko'zlaring yalt etdiyu qalbimni nurga chulg'adi,
Oftobda ko'rgan edim bunchalar ziyoni man.
Shu qarog'lar otashida bor vujudim yonadur,
Ko'zlaringdan kutmagandim bunchalar jazoni man.
Ko'rmadim hech bir chamanda sen kabi ra'noni man,
Zulfi tol-tol, so'zlari bol, ko'zlari shahloni man.
Ishq seni devona qilgay deb achinmang, do'stlarim,
Mayli ko'rsam ushbu yo'lda turfa xil savdoni man.
Ko'rmadim hech bir chamanda sen kabi ra'noni man,
Zulfi tol-tol, so'zlari bol, ko'zlari shahloni man.





Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.
//}