Ulug'bek Rahmatullaev - Onam текст песни

Текст песни Onam - Ulug'bek Rahmatullaev



Tunlari chirog'im,
Kunduzi quyoshim,
Siz borsiz, behuda
To'kilmas yoshim.
Mehringiz oldida egarman boshim,
Mehriga minnatlar qo'shmagan onam,
Otam ardog'idan tushmagan onam.
Dil bergan do'st ba'zan dildosh bo'lolmas,
Jon tikib, joningga jondosh bo'lolmas.
Hech kimsa siz kabi sirdosh bo'lolmas,
Umrini umrimga to'shagan onam,
Otam ardog'idan tushmagan onam.
Onam, onam, onam,
Mehribon onam.
Bir umr bolam deb
Yashagan onam, xokisor onam.
Ko'zimdan dardlarim anglaganimsiz,
Yurakdan gaplarim tinglaganimsiz,
Men deya halovat bilmaganimsiz,
Bolam deb, bolam deb, yashagan onam,
Otam ardog'idan tushmagan onam.
Onam, onam, onam,
Mehribon onam.
Bir umr bolam deb
Yashagan onam, xokisor onam.
Boladay yashardim ulg'aygan sari,
Ey mehri mukarram, umrim gavhari.
Vaqt o'tib, ko'zlari jim qarashlari
Tobora buvimga o'xshagan onam,
Otam ardog'idan tushmagan onam.
Onam, onam, onam,
Mehribon onam.
Bir umr bolam deb
Yashagan onam, xokisor onam.




Ulug'bek Rahmatullaev - Yonimda
Альбом Yonimda
дата релиза
09-11-2017




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.