Yulduz Usmonova - O'zbekiston текст песни

Текст песни O'zbekiston - Yulduz Usmonova



Oq yo'rgakka o'ragansan o'zing bizni
Oq yuvib, oq taragansan o'zing bizni
Beshigimiz uzra bedor ona bo'lib
Kunimizga yaragansan o'zing bizni
Adoing bo'lgaymiz seni O'zbekiston
Hech kimga bermaymiz seni O'zbekiston
Fidoing bo'lgaymiz seni O'zbekiston
Hech kimga bermaymiz seni O'zbekiston
Qalqoningmiz qasd qilsa kim gar joningga
Alpomishlar ruhiy yor har o'g'loningga
Gulday o'pib asragaymiz ostonangni
Yovlar yaqin yo'l olmagay qo'rg'oningga
Adoing bo'lgaymiz seni O'zbekiston
Hech kimga bermaymiz seni O'zbekiston
Fidoing bo'lgaymiz seni O'zbekiston
Hech kimga bermaymiz seni O'zbekiston
Tuzing totib unutganlar hor bo'ladi
Ko'zlariga ikki dunyo tor bo'ladi
Tinch kuningni ko'rolmagan yurtfurushtlar
Bir kun bir kaft tuprog'ingga zor bo'ladi
Naqorat: Adoing bo'lgaymiz seni O'zbekiston
Hech kimga bermaymiz seni O'zbekiston
Fidoing bo'lgaymiz seni O'zbekiston
Hech kimga bermaymiz seni O'zbekiston
(Adoing bo'lgaymiz seni O'zbekiston)
O'zbekiston
(Hech kimga bermaymiz seni O'zbekiston)
Onam mening jonim bergayman senga
(Fidoing bo'lgaymiz seni O'zbekiston)
Osmoning tinch bo'lsin doim
(Hech kimga bermaymiz seni O'zbekiston)
O'zbekiston
O'zbekiston




Yulduz Usmonova - Yulduz Usmonova - Hech kimga bermaymiz seni O'zbekiston
Альбом Yulduz Usmonova - Hech kimga bermaymiz seni O'zbekiston
дата релиза
05-03-2000




Внимание! Не стесняйтесь оставлять отзывы.