Mirjon Ashrapov - Erkatoyim Lyrics

Lyrics Erkatoyim - Mirjon Ashrapov



Yorim mani nozli vafodorim,
Kulishlari go'zal beg'uborim,
Umrim bo'yi kutganim, topganim
O'zing sevgilim
Kamon qoshli ko'zlari shaxlo,
Kulsang zarlarga to'lar dunyo,
Jonim mani asalim, shakarim
O'zing hayotim.
Erkatoyim, yoqimtoyim, shirinso'z, gulyuzim, beozorim.
Erkatoyim, yoqimtoyim, qalbim ohi, hamrohi, g'uncha gulim.
Olib ketay yur uzoqlarga
Biz orzu qilgan ertaklarga
Parvoz aylab samoga, birgalikda
Biz kutgan baxtga
Tobora yuqorar harorat,
Oshib borar dilda muhabbat,
Tark etmaydi sog'inchim, qursak ham soatlab suhbat.
Erkatoyim, yoqimtoyim, shirinso'z, gulyuzim, beozorim.
Erkatoyim, yoqimtoyim, qalbim ohi, hamrohi, g'uncha gulim.
Oo, erkatoyim, mani yoqimtoyim,
Bunchalar ham shirin so'zlaring muloyim yorim
Ohu ko'zlaring,
Mast aylar nozlaring, hayolim o'g'irlagan mayin ovozing.
Bo'lsang gar yonimga bo'lar ko'nglim to'q,
Sendan o'zga qizga hatto aslo parvoyim ham yo'q,
Yuragingdan sevgan yoring, o'zim vafodoring,
Gullarga beqiyos go'zal chiroying
Erkatoyim, yoqimtoyim, shirinso'z, gulyuzim, beozorim.
Erkatoyim, yoqimtoyim, qalbim ohi, hamrohi, g'uncha gulim.



Writer(s): Mirjon Ashrapov


Mirjon Ashrapov - To'plam
Album To'plam
date of release
23-02-2019




Attention! Feel free to leave feedback.