Mirjon Ashrapov - Onam Lyrics

Lyrics Onam - Mirjon Ashrapov



Onam meni suysa bas
Dunyolar ham kerakmas
Onam mehr bersa bas
Bevafolar kerakmas
Har qadamda vafosi yo'qlar
Sinishimni kutib yurar
Onam duo qilsa bas
G'amlar xatlab o'tolmas
Do'st degani karvon ekan
Biri kelsa biri ketar
Yor degani bir gul ekan
Bahor o'tsa so'lib ketar
Ulfatlarning oxiri yo'q
Hatto ko'pin tanimaysan
Ona esa bitta bilgin
Duolarin olib qolgin
Do'stim aytar yur ko'chaga
Janonlar ko'nglin olaylik
Bilsang vaqt kutib turmaydi
O'tib ketmasin deb yoshlik
Gar ko'chada gaplar olsa
Qo'lin siltab ketar do'stlik
Onam esa bag'rin yulib
Achinadi menga sho'rlik
Onam meni suysa bas
Dunyolar ham kerakmas
Onam mehr bersa bas
Bevafolar kerakmas
Har qadamda vafosi yo'qlar
Sinishimni kutib yurar
Onam duo qilsa bas
G'amlar xatlab o'tolmas
Yorim aytar sevaman deb
Hech qachon tark etmayman deb
Ishonardim men telbadek
Huddi go'zallar qolmagandek
Tashlab ketti bevafo ham
Sinovlaring siylov deb
Onam qoldi boshim silab
Singan sabrimni siypalab
Do'stim aytar yur ko'chaga
Janonlar ko'nglin olaylik
Bilsang vaqt kutib turmaydi
O'tib ketmasin deb yoshlik
Gar ko'chada gaplar olsa
Qo'lin siltab ketar do'stlik
Onam esa bag'rin yulib
Achinadi menga sho'rlik, Onam
Onam meni suysa bas
Dunyolar ham kerakmas
Onam mehr bersa bas
Bevafolar kerakmas
Har qadamda vafosi yo'qlar
Sinishimni kutib yurar
Onam duo qilsa bas
G'amlar xatlab o'tolmas
UZDC Tomonidan qayta yozildi



Writer(s): Mirjon Ashrapov


Mirjon Ashrapov - To'plam
Album To'plam
date of release
23-02-2019




Attention! Feel free to leave feedback.