Konsta - Bitta so'z paroles de chanson

paroles de chanson Bitta so'z - Konsta



Bitta so'z bilan insonni, yo'qotish mumkin
Bitta so'z bilan yurakga, yo'l topish mumkin
Bazan, Bitta so'z yurakga o'q otish mumkin
Bekorga so'zlama ko'p, bekorga otishma ko'p
Ey, Bitta so'z bilan insonni sindirish mumkin
Yoki o'ziga bo'lgan ishonch, singdirish mumkin
Bitta so'z bilan g'azab otiga, mindirish mumkin
Yoki dengiz to'lqinlardek g'azabni, tindirish mumkin
Bitta so'z bilan insonni, qutqarish mumkin
Yoki dunyoni ostin ustun, to'ntarish mumkin
Bitta so'z bilan tugagan kayfiyatni, ko'tarish mumkin
Bitta so'z bilan sevib qolib, birga qarish mumkin
Bitta so'z bilan insonlar, yosharish mumkin
Yoki bitta so'z bilan harorat, oshirish mumkin
Bitta so'z bilan kulgan ko'zlarni, yosh qilish mumkin
O'ylab gapir, Bitta so'z bilan dunyoni, boshqarish mumkin
Bitta so'z bilan bir umr, pushaymon bo'lish mumkin
Bitta so'z bilan odam, hayvon bo'lish mumkin
Bitta so'z bilan honavayron bo'lish mumkin
Bitta so'z qilgan ishlarga, bir umr hayron bo'lish mumkin
Bitta so'z bilan harobalarni qasr qilish mumkin
Bitta so'z bilan millionlarga tasir qilish mumkin
Bitta so'zing uchun millionlar tazim qilishi mumkin
Bitta so'zni bazan butun umr hazm qilish mushkul
Bitta so'zing bazan bo'lar hazil, bazida bo'lar hanjar
Bitta so'zing g'animat, ayta olmaganlar qancha
Yetolmaganlar qancha, bitta so'zni aytguncha
Bitta so'z butun olamu, sen uchun qanday tushuncha
Unutdingmi tegma, har bir so'zing g'animat
Bo'lar bo'masga gapirma
Kim uchundir gapira olish bir nemat
Bitta so'z, yaxshi insondan yomongacha
Bitta so'z, bedor qilar ekan tonggacha
Bitta so'z, farishtadan shaytongacha
Bitta so'z, eng pastdan osmongacha
Bitta so'z, chin haqiqatdan yolg'ongacha
Bitta so'z, chin muhabbatdan armongacha
Bitta so'z, boshdagi musibatdan arqongacha
Bitta so'z, singandan baxtli insongacha




Konsta - Inson
Album Inson
date de sortie
12-12-2022




Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.