Konsta - Osmondagi oyim paroles de chanson

paroles de chanson Osmondagi oyim - Konsta



Yolg'iz kezaman bu cho'lda
Osmondan ko'rinmaydi yulduzlar
Bu kecha butun dunyo bo'lar qo'lda
Lekin meni o'ldiradi kunduzlar
Betda kunduzlari juda ham issiq
Ammo kelganida tun, muzlar
Kechasi betda juda ham mazza
Lekin nega o'ldiradi kunduzlar
Men bilaman yo'lni
Uzoqdan nimadir o'xshiydi mehmonxonaga
Kechagacha yetvolaman yoniga
Holdan toyib kelib ko'zimni ochsam ostonaga
Bu ko'zga ko'ringan yolg'onakan
Shu ahvol, betta takrorlanadi har kuni
Meni tark etdi hamma, tark etganda fortuna
Nimadur bor senda, hadeb cho'zma, chiqar shuni
Shundan boshlash kerak edi, mavzuni
Men kirgandim bir martaga, tezda qaytaman deb
Bilaman yo'lni, tez qaytaman, ko'p o'tirmiman deb
Endi har kun kechqurun, o'zimga aytaman ey
Agar qayta olsam, qaytib boshqa kirmiman deb
Bu yer cho'l ekanligini, qayttanam bilay
Axir menga vada qilishgan ediku bog'lar
Ertaga yana, tong otadi yana qaytadan o'laymi
Lek nima qilolaman, nimadur qo'limni bog'lar
Meni bulutlar quchoqlar, ona qarang
Odamlar ucha olar, har kun takrorlanar
Yordam, yordam
Ichimdan tovushsiz nola, meni qutqar
Meni qutqar, meni qutqar
Bo'masa bu bir umrga qolar
Osmondagi oyim
O'zing menga yo'lni ko'rsat
Axir bor dunyoda joyim
O'lsam kimdir bo'larmi xursand
Osmondagi oyim
Men bu yerdan keta olmayman bir o'zim
Osmondagi oyim
Meni yo qutqarasan yo o'ldirasan
Zulmatdaman yo'llarim yorit
O'zing ishonganim, o'zing borim
Ko'zlarim ko'rmas atrof qopqora
Lekin qiynalsam ham, berma dori
Men zulmatdaman yo'llarim yorit
O'zing ishonganim, o'zing borim
Ko'zlarim ko'rmas atrof qopqora
Lekin qiynalsam ham, berma dori
(Berma dori, o'o'o'o'o'o')




Konsta - Inson
Album Inson
date de sortie
12-12-2022




Attention! N'hésitez pas à laisser des commentaires.