Benom guruhi - Ayol Songtexte

Songtexte Ayol - Benom guruhi




Mehrdan yaralgan bog'ning bekasi
Erta tong yarqiragan quyosh erkasi
Sen baxt dunyosisan, mehr daryosi
Hayot osmonining yulduzisan ayol
Muruvvat olamining shoxi sendadir
Dunyo go'zalligi, baxti sendadir
Gohi tog'dek bardosh, gohi sen qalbi quyosh
Sabr-matonatning ko'zisan ayol
Baxtimsan sen ayol, g'ururimsan ayol
Ayol bahor kabi yashnagin sen, ayol
Ayol muqaddassan, poksan sen ayol
Ayol mening onam, ayol mening singlim
Ayol mening sevgilim
Ayol bahor kabi yashnagin sen, ayol
Ayol muqaddassan, poksan sen ayol
Ayol mening onam, ayol mening singlim
Ayol mening sevgilim
Azaldan bu dunyoning bori sendandir
Azaldan bu hayotning baxti sendadir
Kuylar nolasida sen, qalbimizning qo'rida
Munavvar tonglarning kunduzisan ayol
Goh bedor allalarning suyanchi o'zingsan
Gohida yolg'izlikning sog'inchi o'zingsan
Gohi sen umr yo'ldosh, gohi mehribon ona
Ko'ksimga boshin qo'ygan singlimsan ayol
Baxtimsan sen ayol, g'ururimsan ayol
Ayol bahor kabi yashnagin sen, ayol
Ayol muqaddassan, poksan sen ayol
Ayol mening onam, ayol mening singlim
Ayol mening sevgilim
Ayol bahor kabi yashnagin sen, ayol
Ayol muqaddassan, poksan sen ayol
Ayol mening onam, ayol mening singlim
Ayol mening sevgilim
Ayol...





Attention! Feel free to leave feedback.